Mixail Gromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mixail Leonidovich Gromov
Tavalludi 23-dekabr 1943 (1943-12-23) (76 yosh)
Boksitogorsk, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya
Fransiya
AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Oliy ilmiy tadqiqotlar instituti
New York universiteti
Akademik rahbarlari Vladimir Roxlin
Mashhur shogirdlari François Labourie
Pierre Pansu
Mixail Katz
Mashhur ishlari Geometriya
Mashhur sovrinlari Oswald Veblen geometriya mukofoti (1981)
Wolf mukofoti (1993)
Kyoto mukofoti (2002)
Nemmers matematika mukofoti (2004)
Bolyai mukofoti (2005)
Abel mukofoti (2009)

Mixail Leonidovich Gromov (ruscha: Михаи́л Леони́дович Гро́мов) (1943-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik, fransiyalik, rossiyalik matematik. Gromov geometriya, matematik tahlil va guruhlar teoriyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2009-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Gromov harbiy patologlar oilasida tugʻilgan. Leningraddagi 217-maktabda tahsil olgan. 1965-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan. Ayni universitetda 1969-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1973-yilda esa fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Gromovga Vladimir Roxlin rahbarlik qilgan.

Gromov 1967-yildan boshlab Leningrad davlat universitetida assistent va dotsent, keyinchalik Leningrad gidrometeorologiya institutida ilmiy xodim sifatida ishlagan. Gromov 1974-yilda oilasi bilan birgalikda Isroil vizasi bilan Sovet Ittifoqini tark etgan va Italiya orqali AQShga koʻchib oʻtgan. 1981-yilgacha u Stony Brookdagi New York universitetida, 1981–1982-yillarda Pierre va Marie Curie universitetida professor boʻlib ishlagan.

Gromov 1982-yildan boshlab Fransiyadagi Oliy ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan va u yerda toʻliq professor lavozimini egallagan. 1991–1996-yillarda College Parkdagi Maryland universitetida professori boʻlgan. 1996-yildan New York universiteti professori boʻlib ishlab kelmoqda.