Peter Lax
Peter David Lax | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1-may 1926-yil (96 yosh) Budapesht, Vengriya |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Courant matematika fanlar instituti |
Akademik rahbarlari | Kurt O. Friedrichs |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari |
Lions–Lax–Milgram teoremasi Lax–Wendroff uslubi Lax ekvivalentlik teoremasi Lax—Friedrichs uslubi Babuška–Lax–Milgram teoremasi |
Mashhur sovrinlari |
Milliy fan medali (1986) Wolf mukofoti (1987) Norbert Wiener mukofoti (1975) Chauvenet mukofoti (1974) Abel mukofoti (2005) |
Peter David Lax (talaffuzi: Piter Devid Laks) (ven.: Lax Péter Dávid) (1926-yil 1-mayda tugʻilgan) — vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 1987-Wolf mukofoti, 2005-yil esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Lax 1926-yilda Budapeshtda yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi (Klara Kornfield va Henry Lax) shifokor boʻlishgan. 1941-yilda oila Budapeshtdan New Yorkka qochib borgan. Lax 19 yoshidan boshlab Los Alamos milliy laboratoriyasida Manhattan loyihasida — yadro qurolini ishlab chiqish dasturida ishtirok etgan. 1949-yilda New York universitetidan PhD darajasini olgan. Lax, shuningdek, Courant matematika fanlar institutida ham ishlagan.
Laxning faoliyati koʻp qirrali: olim integral tizimlar, zarba toʻlqinlari va gidrodinamika sohalarini oʻrganib keladi. Shuningdek, u solitonlar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan. Uning nomi bilan Lions–Lax–Milgram teoremasi, Lax—Wendroff uslubi, Lax ekvivalentlik teoremasi (Lax–Richtmyer teoremasi deb ham yuritiladi), Lax—Friedrichs uslubi va Babuška–Lax–Milgram teoremasi kabi matematik tushunchalar bogʻliq.
|
![]() |