René Thom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
René Thom
Tavalludi 2-sentabr 1923-yil(1923-09-02)
Montbéliard, Fransiya
Vafoti 25-oktabr 2002-yil(2002-10-25)
(79 yoshda)
Bures-sur-Yvette, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Strasbourg universiteti
Joseph Fourier universiteti
Ilmiy tadqiqot oliy instituti,
Alma mater
Akademik rahbarlari Henri Cartan
Mashhur shogirdlari Daniel Bennequin
Bernard Morin
David Trotman
Mashhur ishlari Dold–Thom teoremasi
Pontryagin-Thom konstruksiyasi
Thom–Porteous formulasi
Mashhur sovrinlari Fields medali (1958)

René Frédéric Thom (talaffuzi: Rene Frederik Tom) (2-sentabr 1923-yil — 25-oktabr 2002-yil) — fransiyalik matematik. Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1976).

Thom Ecole oliy maktabini (École Normale Supérieure) tamomlagan. Henri Cartanning shogirdi boʻlgan. Strasbourg va Grenoble] universitetlarida dars bergan. 1964-yildan Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan.

Thomning asosiy asarlari algebraik va differensial topologiya sohasidadir. Thom oʻz dissertatsiyasidayoq keyinchalik kobordizmlar teoriyasi asosiga aylangan gʻoyalarni taklif qilgan. Thom kobordizmlar teoriyasi uchun 1958-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.

Thom, shuningdek, xususiyatlar nazariyasini oʻrgangan, ushbu sohaning eng taniqli boʻlimini — ommabop kitoblar orqali koʻpchilikka yaxshi maʼlum boʻlgan katastrofalar teoriyasini oʻrtaga tashlagan. Thom ushbu teoriyasini tilshunoslikdan tortib gullar shaklini tushuntirishgacha boʻlgan sohalarga tatbiq qilishga harakat qilgan.