Alain Connes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alain Connes
Tavalludi 1-aprel 1947-yil (1947-04-01) (77 yosh)
Draguignan, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Elementar zarrachalar fizikasi
Institutlar Ilmiy tadqiqotlar oliy instituti
Ohio davlat uiversiteti
Vanderbilt universiteti
Akademik rahbarlari Jacques Dixmier
Mashhur ishlari Baum–Connes gipotezasi
Nonkommutativ geometriya
Operatorli aljabr
Termal vaqt gipotezasi
Mukofotlari CNRS kumush medali (1977)
Ampère mukofoti (1980)
Fields medali (1982)
Clay tadqiqot mukofoti (2000)
Crafoord mukofoti (2001)
CNRS oltin medali (2004)

Alain Connes (talaffuzi: Alen Konn) (1947-yil 1-aprelda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Operatorli aljabr sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Shu sohadagi faoliyati uchun 1982-yil Fields medaliga sazovor boʻlgan.

Connes 1970-yillarda Von Neumann algebrasi sohasida faoliyat yuritgan. Connes, shuningdek, K-teoriya hamda indeks teoriyasi sohasiga ham hissa qoʻshgan, natijada Baum–Connes gipotezasi ishlab chiqilgan. 1980-yillarda gomologiyani sohasida ishlagan, siklli gomologiyani ishlab chiqqan.

Olim oʻz ishlarini matematika va nazariy fizika, jumladan, sonlar nazariyasi, differensial geometriya hamda elementar zarrachalar fizikasi sohalarida tatbiq qilib keladi. Connes Nicolas Bourbaki taxallusi bilan faoliyat yurituvchi farang matematiklari guruhi aʼzosi boʻlgan.