Cédric Villani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Cédric Villani
Tavalludi 5-oktabr 1973 (1973-10-05) (46 yosh)
Brive-la-Gaillarde, Fransiya
Istiqomat joylari Paris, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Henri Poincaré instituti
Sorbonne universiteti
Lyon universiteti
Camille-Jordan instituti
Akademik rahbarlari Pierre-Louis Lions
Mashhur shogirdlari Alessio Figalli
Clément Mouhot
Mashhur ishlari Boltzmann tenglamasi
Kinetik nazariya
Landau soʻndirishi
Transport nazariyasi
Otto–Villani teoremasi
Mashhur sovrinlari Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2008)
Fermat mukofoti (2009)
Henri Poincaré mukofoti (2009)
Fields medali (2010)
Joseph L. Doob mukofoti (2014)
Vebsayt cedricvillani.org

Cédric Villani (talaffuzi: Sedrik Villani) (1973-yil 5-oktabrda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Villani matematik tahlil boʻyicha mutaxassisdir. Xususan, qisman differensial tenglamalar, Riemannian geometriyasi hamda metamatik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.[1]

Villani 2017-yil Fransiya parlamentining quyi palatasi boʻlmish Milliy assambleyaga saylangan. Emmanuel Macron asos solgan La République En Marche! partiyasi aʼzosi. 2017 yil Fransiya parlamentining Ilmiy va texnologik tanlovlar idorasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.

Villani statistik mexanikada ishlatiladigan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Xususan, olim Laurent Desvillettes bilan hamkorlikda Boltzmann tenglamasida ekvilibriumga yaqin boʻlmagan ilk qiymatlar uchun konvergensiya qanchalik tez sodir boʻlishini koʻrsatib bergan.

Manbalar[tahrir]

  1. Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi. Belarus davlat universiteti (ruscha). 23.10.2019.