Daniel Quillen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Daniel Quillen
Tavalludi 22-iyun 1940-yil(1940-06-22)
Orange, AQSh
Vafoti 30-aprel 2011-yil(2011-04-30)
(70 yoshda)
Haven Hospice, Shimoliy Florida
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Akademik rahbarlari Raoul Bott
Mashhur shogirdlari Kenneth Brown
Varghese Mathai
Mashhur ishlari Algebraic K-theory (Quillen's Q-construction), Quillen–Suslin theorem, Bass–Quillen conjecture, rational homotopy theory, Quillen determinant line bundle, Mathai–Quillen formalism, Quillen's lemma, Quillen metric, Quillen's theorems A and B
Taʼsir olgan Alexander Grothendieck
Jean-Pierre Serre
Mashhur sovrinlari Fields medali (1978)
Cole mukofoti (1975)
Putnam fellow (1959)

Daniel Quillen (talaffuzi: Daniel Kvillen) (22-iyun 1940-yil — 30-aprel 2011-yil) — amerikalik matematik. Quillen yuqori algebraik K-nazariyaning „bosh meʼmori“ sifatida tanilgan, shu yoʻnalishdagi ishlari uchun 1975-yilda Cole mukofotiga va 1978-yilda Fields medaliga sazovor boʻlgan.

Quillen Orange shahrida tugʻilgan. U Harvard universitetiga oʻqishga kirgan va 1961-yili u erda bakalavr darajasini olgan. 1964-yili Quillen qisman differentsial tenglamalar sohasida Raoul Bott rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Quillen doktorlik darajasini olganidan keyin, Massachusets texnologiya institutiga ishga joylashgan. Shu bilan birga, u bir necha yil davomida boshqa qator universitetrda faoliyat yuritgan. Bu tajriba unga tadqiqot yoʻnalishini aniqlashda koʻmaklashgan. Quillen 1969–1970-yillarda Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutining chaqirilgan aʻzosi boʻlgan va u yerda Michael Atiyah taʼsiri ostida boʻlgan.