Grigoriy Margulis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Grigoriy Margulis
Tavalludi 24-fevral 1946 (1946-02-24) (73 yosh)
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya
AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Yale Universiteti
Alma mater Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Yakov Sinay
Mashhur shogirdlari Emmanuel Breuillard
Hee Oh
Mashhur ishlari Diophantus yaqinlashishi
Lie guruhi
Superqattiqlik teoremasi
Ekspander grafigi
Oppenheim gipotezasi
Mashhur sovrinlari Fields medali (1978)
Lobachevskiy mukofoti (1996)
Wolf mukofoti (2005)

Grigoriy Aleksandrovich Margulis (ruscha: Григорий Александрович Маргулис) (1946-yil 24-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Margulis fizika-matematika fanlari doktori, Rossiya fanlar akademiyasining axborot uzatish muammolari instituti tadqiqotchisi va Amerikadagi Yale Universiteti professori.

Margulis 1962-yilgi Xalqaro matematika olimpiadasining kumush medal sovrindoridir. U 1967-yilda Moskva davlat universitetining mexanika va matematika fakultetini tamomlagan. Yakov Sinay rahbarligi ostida ergodik nazariya boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyinchialik Lie guruhi teoriyalarini oʻrgana boshlagan, ularni matematikaning turli sohalari tatbiq qilgan. Margulis 1978-yilda Fields medaliga sazovor boʻlgan, ammo, u chiqish vizasi berilmaganligi sababli taqdimot marosimida qatnashmagan.

Margulis 1979-yilda Bonnga borgan va shu vaqtdan boshlab chet elga bemalol sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan, ammo Rossiya Fanlar akademiyasining axborot uzatish muammolari institutida tadqiqotchi boʻlib ishlashda davom ettirgan. 1991-yilda esa AQShdagi Yale Universitetiga ishlashga taklif qilingan.

Margulis 2001-yilda AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan, 2012-yildan beri Amerika matematik jamiyatining toʻla aʼzosidir. U 1996-yil Lobachevskiy mukofoti va 2005-yil Wolf mukofotiga sazovor boʻlgan.