Timothy Gowers
| Timothy Gowers | |
|---|---|
| Tavalludi |
20-noyabr 1963-yil Wiltshire, Buyuk Britaniya |
| Fuqaroligi | Britaniya |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar |
Cambridge universiteti London kollej universiteti |
| Taʼlimi | Cambridge universiteti |
| Akademik rahbarlari | John Horton Conway |
| Mashhur shogirdlari |
David Conlon Ben Green Tom Sanders |
| Mashhur ishlari | Funksional analiz, kombinatorika |
| Mukofotlari |
Fields medali (1998) De Morgan medali (2016) Sylvester medali (2016) |
Timothy Gowers (talaffuzi: Timoti Gauers) (1963-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — britaniyalik matematik. Funksional analiz va kombinatorika sohalaridagi ishlari tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Gowers 1981-yil Xalqaro matematika olimpiadasida maksimal ball toʻplab, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1990-yil Cambridge universitetidan PhD darajasini olgan. 1991–1995-yillarda London kollej universitetining matematika fakultetida ishlagan.
Gowers oddiy odamlar tushuna oladigan tilda matematika boʻyicha bir necha kitob yozgan, jumladan „Matematika: Qisqa kirish“ (inglizcha: Mathematics: A Very Short Introduction) kitobini. 2009-yil oʻz blogida dunyoning turli burchagidagi matematiklarga hamkorlikda murakkab masalalar yechish imkonini beruvchi „Erudit“ loyihasiga (inglizcha: Polymath Project) asos solgan.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |