Vaughan Jones

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vaughan Jones
Tavalludi 31-dekabr 1952 (1952-12-31) (66 yosh)
Gisborne, Yangi Zelandiya
Fuqaroligi Yangi Zelandiya
Sohasi Matematika
Institutlar California universiteti, Berkeley
Vanderbilt universiteti
California universiteti, Los Angeles
Pennsylvania universiteti
Alma mater Geneva universiteti
Auckland universiteti
Akademik rahbarlari André Haefliger
Mashhur ishlari Von Neumann aljabrlari
tugun koʻphadlari
konformli maydon teoriyasi
Mashhur sovrinlari Fields medali (1990)

Vaughan Jones (talaffuzi: Von Jons) (1952-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik matematik. Jones Von Neumann aljabrlari hamda tugun koʻphadlari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Jonesning tugun koʻphadlar boʻyicha ishlari natijasida hozirda Jones koʻphadi deb nomlanuvchi tushuncha paydo boʻldi. Uning ishlari natijasida tugun teoriyasi boʻyicha bir necha klassik masala yechildi, past oʻlchamli topologiyaga boʻlgan qiziqish oshdi.

Jones Yangi Zelandiyaning Gisborne shahrida tugʻilgan, ammo Cambridge shahrida ulgʻaygan. 1972-yil Auckland universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan. 1973-yil ayni universitetdan magistr darajasini olgan. 1979-yil Geneva universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Jones 1980-yil AQShga koʻchib borgan. 1980-1981-oʻquv yilida Los Angelesdagi California universitetida tahsil bergan. 1981-1985-yillarda Pennsylvania universitetida ishlagan. 1985-yil esa Berkleydagi California universitetida ishlay boshlagan. 2011-yildan beri Vanderbilt universitetida ishlamoqda.