Simon Donaldson
Simon Donaldson | |
---|---|
Tavalludi |
20-avgust 1957-yil Cambridge, Angliya |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
London imperial kolleji Stony Brook universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Stanford universiteti All Souls kolleji |
Taʼlimi |
Worcester kolleji, Oxford Pembroke kolleji, Cambridge |
Akademik rahbarlari |
Michael Atiyah Nigel Hitchin |
Mashhur shogirdlari |
Dominic Joyce Dieter Kotschick Graham Nelson Paul Seidel Ivan Smith Gábor Székelyhidi Richard Thomas |
Mashhur ishlari |
Toʻrt oʻlchamli silliq xilma-xilliklar topologiyasi Donaldson nazariyasi Donaldson teoremasi |
Mukofotlari |
Junior Whitehead mukofoti (1985) Fields medali (1986) Qirolli medal (1992) Crafoord mukofoti (1994) Pólya mukofoti (1999) Qirol Faysal xalqaro mukofoti (2006) Nemmers matematika mukofoti (2008) Shaw mukofoti (2009) Matematika yutugʻi mukofoti (2014) Oswald Veblen mukofoti (2019) Wolf matematika mukofoti(2020) |
Simon Donaldson (talaffuzi: Saymon Donaldson) (1957-yil 20-avgustda tugʻilgan) — angliyalik matematik. Toʻrt oʻlchamli silliq xilma-xilliklar topologiyasi hamda Donaldson-Thomasi nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1986-yil Fields medali, 2020-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.
Donaldson 1979-yil Pembroke kollejini matematika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1980-yil Worcester kollejida avvaliga Nigel Hitchin, keyinchalik Michael Atiyah rahbarligida ilmiy tadqiqotini olib borgan. 1983-yil Oxford universitetidan PhD darajasini olgan.
Donaldsonning asosiy ishlari matematik analizning geometriya masalalariga tatbiqi boʻyichadir. Xususan, olim murakkab differensial geometriya hamda simplektik geometriya boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Hozirgi kunda u Stony Brook universitetida Simons geometriya va fizika markazi aʼzosi hamda London imperial kollejida sof matematika professoridir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]