Andrew Wiles
Andrew Wiles | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
11-aprel 1953 (66 yosh) Cambridge, Angliya |
Fuqaroligi | Angliya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari | John Coates |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari |
Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti |
Mashhur sovrinlari |
|
Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan) — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan. 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan.
![]() |
|