Endre Szemerédi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Endre Szemerédi
Tavalludi 21-avgust 1940 (1940-08-21) (79 yosh)
Budapest, Vengriya
Fuqaroligi Vengriya, AQSh
Sohasi Matematika
Informatika
Institutlar Rutgers universiteti
Akademik rahbarlari Israel Gelfand
Mashhur shogirdlari Jaikumar Radhakrishnan
Gabor Sarkozy
Mashhur ishlari Tate gipotezasi
Tate moduli
Hodge-Tate moduli
Serre-Tate teoremasi
Shafarevich-Tate guruhi
Sato-Tate gipotezasi
Mashhur sovrinlari Alfréd Rényi mukofoti (1973)
George Pólya mukofoti (1975)
Leroy P. Steele mukofoti (2008)
Rolf Schock mukofoti (2008)
Széchenyi mukofoti (2012)
Abel mukofoti (2012)

Endre Szemerédi (talaffuzi: Endre Semeredi) (1940-yil 21-avgustda tugʻilgan) — vengriyalik-amerikalik matematik va informatik. Szemerédi kombinatorika hamda nazariy informatika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 2012-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Szemerédi Budapestdagi Eötvös Loránd universitetida tahsil olgan. Moskva davlat universitetidan PhD darajasini olgan. 1986-yildan beri Rutgers universitetida ishlab keladi. Shuningdek, olim Stanford (1974), McGill (1980), Janubiy Carolina (1981–1983) hamda Chicago (1985–1986) universitetlarida chaqirilgan professor oʻlaroq ishlagan.

Szemerédi kombinatorika hamda informatika sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Xususan, olimning nomi Szemerédi teoremasi, Szemerédi muntazamlik lemmasi, Hajnal–Szemerédi teoremasi hamda Szemerédi–Trotter teoremasi kabi tushunchalar bilan bogʻliqdir. Szemerédi metamatika, nazariy informatika hamda arifmetik kombinatorika sohalariga ouda mavzularda 200 dan oshiq ilmiy maqola yozgan.