Avi Wigderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Avi Wigderson
Avi Wigderson (London 2012) Cropped.jpg
Tavalludi 9-sentabr 1956-yil(1956-09-09)
Hayfa, Isroil
Fuqaroligi Isroil va AQSh
Sohasi Informatika
Matematika
Ish joylari Malaka oshirish instituti
Akademik rahbarlari Richard Lipton
Mashhur shogirdlari Dorit Aharonov
Ran Raz
Mashhur ishlari Zig-zag mahsuloti
Mashhur sovrinlari Nevanlinna mukofoti (1994)
Gödel mukofoti (2009)
Knuth mukofoti (2019)
Abel mukofoti (2021)

Avi Wigderson (ivritcha: אבי ויגדרזון) (talaffuzi: Avi Vigderzon); 9-sentyabr 1956-yilda tugʻilgan[1]) — Isroillik matematik va kompyuter injeneri. Wigderson Princetondagi Ilgʻor tadqiqotlar instituti matematika maktabining Herbert H. Maass professoridir[2]. Uning ilmiy qiziqishlari murakkablik nazariyasi, parallel algoritmlar, grafiklar nazariyasi, kriptografiya, taqsimlangan hisoblash va neyron tarmoqlardan iborat. Wigderson 2021-yilda nazariy informatika sohasidagi ishlari uchun Abel mukofoti bilan taqdirlangan[3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avi Wigderzon 1956-yilda Isroilning Hayfa shahrida tugʻilgan[4]. 1980-yilda Technionda bakalavriat bosqichini tamomlagach, AQShda joylashgan Princeton universitetiga aspiranturada oʻqish uchun borgan. Wigderzon 1983-yilda Richard Lipton rahbarligida „Hisoblash murakkabligi boʻyicha tadqiqotlar“ nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan soʻng, kompyuter fanlari boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[5].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wigderzon Berkeleydagi Californiya universitetida, San Jose, Kaliforniya tadqiqot markazida va matematika fanlari tadqiqot institutida qisqa vaqt ishlagandan soʻng, 1986-yilda Quddus yahudiy universitetiga toʻliq ishga joylashgan.

U 1999-yilda AQShdagi Ilgʻor tadqiqotlar institutiga ishga joylashgan. 2003-yilda esa Quddus yahudiy universitetida toʻliq kunlik asosda ishlashdan bosh tortgan[6].

Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining, 2013-yilda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM ilmiy xodimi etib tayinlangan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil Wigderson „hisoblash murakkabligi nazariyasi“ uchun Nevanlinna mukofoti bilan taqdirlangan[7]. 2009-yil Omer Reingold va Salil Vadhan bilan birga grafiklarning zig-zag mahsuloti ustida ishlagani uchun Gödel mukofotini qoʻlga kiritgan[8]. Wigderson 2011-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[9]. 2013-yilda Milliy fanlar akademiyasiga saylangan[10]. U 2018-yilda „nazariy informatika va matematikaga qoʻshgan hissasi“ uchun ACM Fellow aʼzosi boʻlgan[11]. 2019-yilda Wigderson „tasodifiylashtirilgan hisoblash, kriptografiya, sxema murakkabligi, isbot murakkabligi, parallel hisoblash va asosiy grafik xususiyatlarini tushunish kabi sohalarda informatika asoslariga qoʻshgan hissasi uchun“ Knuth mukofotiga sazovor boʻlgan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wigderson, Avi (22-may 2014-yil), Resumé, http://www.math.ias.edu/~avi/CV_shortbio/Drupal_CV/avicv_5_22.pdf, qaraldi: 7-mart 2016-yil Avi Wigderson]]
  2. IAS School of Mathematics“. www.math.ias.edu (4-avgust 2008-yil). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  3. „Avi Wigderson GS '83 Abel mukofoti bilan taqdirlandi“. The Princetonian. Qaraldi: 4-aprel 2021-yil.
  4. Institute for Advanced Study“ (en). www.ias.edu (16-mart 2021-yil). Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  5. Wigderson, Avi. Studies in computational complexity (en), 1983. 
  6. Qisqacha hayoti Arxivlandi 12-iyun 2010-yil Wayback Machine saytida. from Wigdersonʼs web site, retrieved 3-may 2010-yil
  7. International Mathematical Union (IMU)“. 13-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  8. „2009 Gödel Prize“. 7-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  9. „Avi Wigderson“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  10. National Academy of Sciences Members and Foreign Associates Elected, National Academy of Sciences, 30 April 2013.
  11. 2018 ACM Fellows Honored for Pivotal Achievements that Underpin the Digital Age, Association for Computing Machinery, 5 December 2018, https://www.acm.org/media-center/2018/december/fellows-2018 
  12. „ACM SIGACT - Knuth Prize“. www.sigact.org. 2-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]