Bonn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olmoniya Federal Davlatining eski poytaxti

Bonn — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). B. ga 1-asrda rimliklar asos solgan. 1273—1794 yillarda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814 yil dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 yillarda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949 yildan GFR poytaxti. 1989 yildagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik Respublikasi qoʻshilib, birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey B.dan Berlinga oʻtdi. Xorijiy davlatlar elchixonalari hozircha Bonn B. muhim transport yoʻllari tuguni. Reyn boʻyidagi port. Xalqero aeroport bor. Sanoat korxonalari juda kam. Mavjud sanoat tarmoqlarining aksariyati isteʼmol mollari ishlab chiqaradi; elektrotexnika, rangli metall buyumlari, aniq mexanika, optika, farmatsevtika, mebel, keramika, yozuv qogʻozi, oziq-ovqat, tamaki korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. B.da GFR savdo-sanoat palatasi, sanoat va moliya konsernlarining koʻpdankoʻp idoralari, madaniyat muassasalari va boshqa joylashgan. B. atrofida qoʻngʻir kumir qazib chiqariladi.

B.da Germaniyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti — Bonn universiteti, konservatoriya, Betxoven uymuzeyi, kutubxona bor. Roman sobori (11—13 a. lar), gotika uslubidagi SanRemigiy cherkovi (12741317), ratusha (1737) va boshqa meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil