Samarqand meʼmorlik-qurilish instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Samarqand meʼmorlikqurilish instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat meʼmorlik-qurilish instituti — meʼmorlik va kurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1966 yil Samarqand shahrida tashkil topgan.

Institut bakalavriaturasining kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida 14 yoʻnalishda 2200 dan ortiq talaba taʼlim oladi, 8 yoʻnalish magistratura, 10 ixtisoslik boʻyicha aspirantura va 3 yoʻnalish boʻyicha doktorantura faoliyat koʻrsatadi. Institutda 6 ta ft, 33 ta kafedrada 274 professor oʻqituvchi (jumladan, 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad., 1 Badiiyot akadimyasi akademigi, 21 fan doktori va professor, 137 fan nomzodi va dotsent) ishlaydi (2004). Institutda, shuningdek, malaka oshirish fakulteti, "Biznes inkubator", "Mintaqaviy iqtisodiy taʼlim markazi", "Biznes — institutellekt" xalqaro biznes maktabi, litsey instituternata, texnik litsey, masofaviy oʻqitish va kompyuter texnologiyalari markazi, loyihalash tadqiqot ustaxonasi, Talabalar konstruktorlik byurosi, Kurilish materiallari va konstruksiyalarining mustahkamligini aniklovchi sinov markazi, 3 ta ilmiy laboratoriya, tadqiqotlar poligoni, kutubxonasi, sport zali, suzish havzasi va boshqa bor. "Meʼmorlik va kurilish muammolari" ilmiytexnik jurnal (2000 yildan) va "Binokor" koʻp tirajli gaz. (1998 yildan) nashr etiladi. Institut faoliyati A. Oqilov, E. Aliqulov, I. Jumayev, T. Shirinqulov, T. Xolmatov, 3. Yusupov, N. Shodiyev kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut binosi tarhi 110x14 m, 8 qavatli, assimetrik mujassamotga ega. Bosh oʻquv korpusi institut qoshidagi loyiha eksperimental ustaxonasi(1972 yilda tashkil boʻlgan)da loyihalashtirilgan (1984, meʼmori O. Ibrohimov, Yu. Zokirova). Koshin, gʻozgʻon marmari va tabiiy toshlar, shuningdek, quyosh nuridan saqlovchi moslamalar b~n jihozlangan. Hududida Ulugʻbek haykali oʻrnatilgan (1968).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil