Kontent qismiga oʻtish

Sayido Nasafiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayido Nasafiy
Tavalludi 1637
Vafoti 1710
Kasbi Shoir
Ijod qilgan tillari Tojik tili va Fors tili
Yoʻnalish Nazm
Janr Gʻazal, ruboiy, qasida

Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Toʻquvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin doʻst boʻlgan, uning taʼsirida ijodi kamolga yetgan. Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoqlashgan. Asarlarida jabru - zulmga qarshi norozilik asosiy oʻrinni egallagan. "Shahroshub" manzumasida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar ahlini ulugʻlagan. "Bahoriyot" ("Hayvonotnoma") majoziy munozara asarida, ayrim gʻazallarida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy muhiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.

  • Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil