Sadriddin Ayniy
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Sadriddin Ayniy | |
---|---|
![]() | |
Asl ismi | tojikcha: Садриддин Айнӣ |
Tavalludi |
15-aprel 1878-yil |
Vafoti |
15-iyul 1954-yil (76 yoshda) Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR (hozir Tojikistonning Dushanbe shahri) |
Taxallusi | Ayniy |
Kasbi | yozuvchilik, sheʼriyat |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili[1], Oʻzbek tili[1] va Fors tili[2][1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Janr | Nasr |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |

Sadriddin Ayniy (tojikcha: Садриддин Айнӣ; haqiqiy ismi Sadriddin Said-Murodzoda (tojikcha: Садриддин Саид-Муродзода); 1878-yil, 15-aprel, Soktare qishlogʻi, Buxoro amirligi — 1954-yil, 15-iyul, Stalinobod, Tojikiston SSR, SSSR) — tojik va oʻzbek sovet yozuvchisi. Shoir, davlat va jamoat arbobi. Sovet davridagi tojik adabiyoti asoschisi. tojik va oʻzbek tillarida ijod qilgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti (1951—1954), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy aʼzosi (1943), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940), filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950). Tojikiston Qahramoni unvoni sohibi (1998), qator sobiq SSSR orden va medallari sohibi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sadriddin Said-Murodzoda 1878-yilning 15-aprel kuni Buxoro amirligining Soktare qishlogʻida, tojik oilasida tugʻilgan. 1884—1887-yillarda eski maktabda, keyin bir qator madrasalarda: Buxorodagi Mir Arab (1890—1891), Olimxon (1892—1893), Badalbek (1894—1896), Hoji Zohid (1896-1899) va Koʻkaldosh (1899-1900) madrasalarida tahsil olgan. Ahmad Donish va ozarbayjon yozuvchisi Hoja Marogʻiyning hamda jadid maʼrifatparvarlarining asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. A. Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun oʻquv qoʻllanmalar, ommani ilm-maʼrifatga chaqiruvchi sheʼr va hikoyalardan iborat „Yoshlar tarbiyasi“ (1909) darsligini tuzadi. „Yosh buxoroliklar“ harakatida faol qatnashadi. 1918—21 yillarda tojikcha, oʻzbekcha marsh, qoʻshiq va sheʼrlar yaratadi. „Buxoro jallodlari“ (1922) povesti, „Buxoro mangʻit amirligining tarixi“ (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. „Odina“, „Qiz bola yoki Xolida“ (1924), „Tojik adabiyotidan namunalar“ (1926), „Qulbobo yoki ikki ozod“ (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. A. tojik va oʻzbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yetishib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijodi haqida maʼlumot beradi. A. 1927-29 yillarda yirik romani „Doxunda“ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934-yilda esa oʻzbek tilida „Qullar“ romanini yaratdi. Unda oʻzbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi. A.ning „Eski maktab“ (1935) asarida eski maktabdagi oʻqish va oʻqitish haqida hikoya qilinadi. Yigirmanchi yillarda eʼlon qilingan qator hajviy asarlari, „Yana bu qaysi goʻrdan chiqdi“, „Puling halol boʻlsa, toʻy qil“ (1924), „Mashrab bobo“, „E, toʻnim“ (1925), „Bilganim yoʻq“, „Ken-gash“ (1926) kabi oʻzbekcha feletonlari, 242 hajviy sheʼr va maqolalari, ayniqsa, „Sudxoʻrning oʻlimi“ (1939) hajviy povesti yozuvchining mohir satirik ekanligini koʻrsatdi. Muqanna va Temur Malik boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonini aks ettiruvchi adabiy-tarixiy ocherklar yozdi. U toʻrt qismdan iborat „Esdaliklar“ida (1949—54) Buxoroning oʻtmish hayoti va oʻsha davr ijtimoiy-madaniy muhitini yoritadi. A. adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olim sifatida „Firdavsiy va uning "Shohnoma"si haqida“ (1934), „Kamol Xoʻjandiy“, „Shayxur-rais Abu Ali ibn Sino“ (1939), „Ustod Rudakiy“ (1940), „Shayx Muslihiddin Saʼdiy Sheroziy“ (1942), „Alisher Navoiy“ (1948), „Zayniddin Vosifiy“ (uning „Badoye ul-vaqoye“ asari haqida"), „Mirza Abdulqodir Bedil“, Muqimiy va boshqalar haqidagi asarlari oʻzbek va tojik adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, „Fors va tojik tillari haqida“, „Tojik tili“ kabi ilmiy ishlari tojik tilshunosligida muhim voqea boʻldi. A.ning „Doxunda“, „Qullar“, „Sudxoʻrning oʻlimi“ va „Esdaliklar“ asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalaridagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, koʻchalar, maktablar, kutubxonalar, sanʼat va madaniyat muassasalari A. nomiga qoʻyilgan. Samarqandda A. yodgorlik uy-muzeyi ochilgan (1967).
Sadriddin Ayniy (Sadriddin Saidmurodov) 1878-yil 15-aprelda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Soktare qishlogʻida oʻrtahol dehqon oilasida tugʻilgan. 1884 — 87 yillarda qishloqdagi boshlangʻich maktabda, 1890 −1900-yillarda Mir Arab, Olimjon, Badalbek, Hoji Zohid, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil olgan. Unga Ahmad Donishning „Navodir ul-vaqoe“, Xoja Marogʻiyning „Ibrohimbekning sayohati“ asarlari jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Sadriddinning birinchi gʻazali „Guli surx“ („Qizil gul“) 1895-yilda yozilgandir. Sadriddin Ayniy Tojikiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi, tojik va oʻzbek adabiyotining buyuk namoyandasi, zullisonayn ijodkordir. Adibning asarlari oʻzbek tilida 8 jildda bosilib chiqqan. Sadriddin Ayniyning xasislik ramzi boʻlgan qahramoni „Sudxoʻrning oʻlimi“ asaridagi Qori Ishkambadir. Adib 1954-yil 15-iyulda Dushanbe shahrida vafot etgan.
Sadriddin Ayniy Behbudiy oʻlimiga bagʻishlagan marsiyasida
- „Saning tarixi davroning, saning osori urfoning,
- Saning noming, saning shoning jahon qoldiqcha qolmasmu?
- Vatan avlodi yod etdi, sani hurmatda shod etdi,
- Va lekin intiqomingni ololurmi, ololmasmu?“ — deb yozgan.
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Esdaliklar“ (tarjimai hol asari);
- „Tahsib us — sibyon“ („Pok bola“);
- „Yoshlar tarbiyasi“ (1909) darsligi;
- „Buxoro jallodlari“ (1922);
- "Odina " (1924);
- „Qulbobo yoki ikki ozod“ (1928);
- „Yetim“ (1940);
- „Sudxoʻrning oʻlimi“ (1939);
- „Eski maktab“ (1935) kabi qissalar,
- „Doxunda“ (1930);
- „Qullar“ (1934) kabi romanlar,
- „Tojik adabiyotidan namunalar“ (1926);
- „Qiz bola yoki Xolida“ (1924);
- „Alisher Navoiy“;
- „Ustod Roʻdakiy“ kabi ilmiy tadqiqotlari va boshqalar.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stalin premiyasining ikkinchi darajasi (1950-yilda);
3 ta „Lenin ordeni“ (ruscha: «Орден Ленина»);
„Qizil Bayroq Ishchi ordeni“ (ruscha: «Орден Трудового Красного Знамени»);
- Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi;
- Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi
„Tojikiston Qahramoni“ unvoni sohibi.
Nishonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Sadriddin Ayniy tugʻilgan Saktari (Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani) qishlogʻida uning uy-muzeyi mavjud.
- Samarqand shahrining markaziy qismida Sadriddin Ayniy uy-muzeyi mavjud. Ushbu uyda U 1917-yildan to 1950-yillarning boshigacha yashagan.
- Dushanbe (Tojikiston) shahri koʻchalaridan biriga Sadriddin Ayniy nomi berilgan.
- Samarqand (Oʻzbekiston) shahri koʻchalaridan biriga Sadriddin Ayniy nomi berilgan.
- Buxoro (Oʻzbekiston) shahri koʻchalaridan biriga Sadriddin Ayniy nomi berilgan.
- Bishkek (Qirgʻiziston) shahri koʻchalaridan biriga Sadriddin Ayniy nomi berilgan.
- Qozon (Rossiya) shahri koʻchalaridan biriga Sadriddin Ayniy nomi berilgan.
- Samarqand shahrida Sadriddin Ayniy haykali oʻrnatilgan.
- Dushanbe shahrida „Sadriddin Ayniy va Maksim Gorkiy suhbati“ nomli haykal oʻrnatilgan.
- 1958 va 1968-yillardagi SSSR pochta markalaridan biri Sadriddin Ayniyga bagʻishlangan.
- Sadriddin Ayniy portreti Tojikistonning valyutasi — somoniyning 5 somoniy qiymatidagi kupyurasida aks ettirilgan.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 — Т. 1. — С. 29.
- ↑ (unspecified title)
- 1-8-jildlar, T., 1963-1967.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Hasanov M., Ayniy chamani, T., 1978.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Vikiomborda Sadriddin Ayniy haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
- 15-aprelda tugʻilganlar
- 1878-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Buxoroda tugʻilganlar
- 15-iyulda vafot etganlar
- 1954-yilda vafot etganlar
- Dushanbeda vafot etganlar
- Tojikiston qahramonlari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Yozuvchilar
- Tojikistonlik yozuvchilar
- Shoirlar
- Jadidlar
- Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
- Mir Arab madrasasida tahsil olganlar
- Amir Olimxon madrasasida tahsil olganlar
- Badalbek nav madrasasida tahsil olganlar
- Xoja Zohid madrasasida tahsil olganlar
- Koʻkaldosh madrasasida tahsil olganlar (Buxoro)