Bibi Otun
| Bibi Otun | |
|---|---|
Bibi Otun | |
| Buxoro amirligi malikasi | |
| Hukmdor | Amir Shohmurod (1785—1800) |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
XVIII asr Buxoro, Buxoro xonligi |
| Vafoti |
XIX asr Buxoro, Buxoro amirligi |
| Fuqaroligi |
|
| Turmush oʻrtogʻi | Amir Shohmurod |
| Bolalari |
Mir Husayn Bibi Robia |
| Otasi | Muhammad Gʻani maxdum |
Bibi Otun (Bibi Otun binti Gʻani maxdum, Bibi otun, Bibi otun oyim) — Mangʻitlar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1800) xotini. Jannatmakon madrasasi donatori.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bibi Otun XVIII asrda Muhammad Gʻani maxdum xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Uning ajdodlari tariqat ahlidan edi. Bobosi shayx Koʻlobiy nomi bilan mashhur Xalifa Jonmuhammad Koʻlobiy edi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bibi Otun ham hol ham qol ilmidan xabardor edi. U ajdodlari yoʻlini davom ettirib oʻz hisoblari evaziga Jannatmakon madrasasini bunyod ettiradi va naqshbandiya tariqati vakilini bu yerga mudarris etib tayinlaydi. Ushbu oʻquv dargohi Buxoro inqilobiga qadar mujaddidiya-naqshbandiya tariqati gʻoyalarini targʻib qiluvchi maktablardan biri boʻlib qoladi. Inqilob davrida ilm maskani vayron etiladi[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bibi Otun Amir Shohmurodning xotini, ulardan Mir Husayn va Bibi Robia dunyoga kelishgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2017.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jumanazar A. K.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.