Ramazon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ramazon - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (S.A.V)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi. Ramazon - arablarda islomdan avvalgi to‘rt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an’ana bo‘lgan. Ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi Muhammad (S.A.V)ga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda ro‘za tutish hijratdan 17-18 oy keyin, ya’ni qibla tomon o‘zgartirilgandan bir oydan so‘ng joriy etilgan.

Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9oyi. Islom dinida R. oyida Alloh Muhammad (sav)ga Kurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli R. muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

R. — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada R. oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. R. oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatulkadr). R. oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida R.ga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.

2) R. munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. R. oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida R. qoʻshigʻini aytishadi. R. qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, R.ning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. R. aytish tugagach, xonadon egalari R. aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.[1]

Ramazon bilan bog‘liq ko‘p sanalar ichida Rasululloh Muhammad (S.A.V)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (S.A.V)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (S.A.V)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga to‘g‘ri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va an’analar ham har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘tkaziladi.


Islomiy taqvim

Muharram | Safar | Robi' ul-avval | Robi' ul-oxir | Jumad ul-avval | Jumad ul-oxir | Rajab | Sha'bon | Ramazon | Shavvol | Zul-qa'da | Zul-hijja


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil