Miyonqol
Jump to navigation
Jump to search
Miyonqol, Miyonkol, Miyonkolot — Oʻzbekistondagi Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻidagi joy. Qad.da Samarqand Sugʻdi, Nim Sugʻd (yarim Sugʻd), Sugʻdi Xurd (Kichik Sugʻd) nomlari bilan mashhur boʻlgan. Xonliklar davrida Buxoro bilan Samarqand oʻrtasida uz. 12 farsang keladigan devor olingan. M. dehqonchilik uchun qulay boʻlib, Xatirchi, Payshanba, Qalʼai Dabus va boshqa shahar, qishloqlarni oʻz ichiga olgan. Keyinchalik Zarafshon vodiysining Samarqand bilan Xatirchi oraligʻidagi yerlar M. deb atalgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |