Abdullaxon madrasasi
Madrasa | |
Abdullaxon madrasasi
| |
![]() | |
Abdullaxon madrasasi bosh fasadi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | Xoʻja Gʻunjoriy MFY, Mirdoʻstim koʻchasi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdullaxon II |
Homiylar | Abdullaxon II |
Binokorlik | 1588—1590-yillar |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Qurilish materiali | Pishgan gʻisht |
![]() |
Abdullaxon madrasasi – Buxorodagi Qo‘shmadrasa ansamblining shimoliy qismida joylashgan me’moriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri me’morligi yetuk namunasi bo‘lgan bu Madrasa Buxoro me’morchiligining 16-asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.
Tarixi[tahrir]
Madrasaning me’mori noma’lum boʻlib, Abdullaxon II qurdirgan (1588 – 90).
Meʻmorchiligi[tahrir]
Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.
Darvozadan o‘tib, ikki yoqdagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi – girih shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори. Lex.uz. 2020-09-22.
- ↑ "Abdullaxon madrasasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar[tahrir]
- Pugachenkova G.A., Rempel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1958.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |