Yuz
Yuzlar | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy aholi soni | |||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | |||||||||
| |||||||||
Tillar | |||||||||
Oʻzbekcha | |||||||||
Dinlar | |||||||||
Sunniy, Islom |
Yuz, juz – yirik oʻzbek qabilalaridan biri.
X. Doniyorovning yozishicha, yuz qabilasi oʻzbeklarning 92 ta qabilasi orasida eng katta qabila hisoblanadi. Ming qabilasining koʻp aʼzolari shaharlashib, oʻz urugʻ-qabilalarini unutishi oqibatida yuz qabilasining nufuzi yanada oshadi. Yuzlarning shevasi qipchoqlik shevasini saqlab qolgan[1]. XX asrning boshlarida yuzlar hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida yashagan (60 ming). Yuzlarning boshqa oʻzbek qabilalari bilan aralash holda yashab kelgan guruhlari ham mavjud boʻlib, ular masalan, qirq yuz, moʻgʻul yuz, nayman yuz, turkman yuz va boshqalar etnik nomlar bilan atalgan. Yuzlarning etnogenezi qadimiy qipchoq oʻzbeklari bilan bogʻliq. Yuzlar, asosan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yashaganlar. Yuzlar 3 ta yirik tarmoqqa boʻlinadi: Marqa bolasi, Qarabchi, Rajab bolasi.
XIX asr davomida yuzlarning koʻpchiligi oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Choʻl va togʻ oldida (Jizzax va Oʻratepa oraligʻida) yashovchi yuzlarning bir qismi yarim oʻtroq holda istiqomat qilishgan. Yuzlarning xoʻjaligida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham salmoqli oʻrin tutgan. 1920—1930-yillarida yuzlar oʻzbek xalqi tarkibiga qoʻshilib ketganlar[2].
Taniqli namoyondalari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doniyorov X. Oʻzbek xalqining shajara va shevalari. Toshkent, 1968.
- Karmisheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnix rayonov Tadjikistana i Uzbekistana. Moskva, 1976.
- Boʻriyev O. Etnologiya atamalarining qisqacha izohli lugʻati. Qarshi, 2004.
![]() | Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |