Ming

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qoʻqon xonligida hukmronlik qilgan Minglar oʻzbek sulolasining soʻnggi vakili — Nasriddinxon

Ming — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri.

Hozirgi Samarqand viloyati, qisman Fargʻona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Denov tumanlarida, Xorazmda va Tojikistonning Hisor tumanida yashaganlar. Zarafshon vodiysida yashovchi minglar 3 yirik uruqqa, bu urugʻlar, oʻz navbatida, yana bir qancha kichik urugʻlarga boʻlingan: tugʻali (axmat, chagʻir, toʻyi namoz, oqshiq va boshqalar); bogʻlon (chibli, qora, mirza va boshqalar); uvoq tamgʻali (algʻol, chaut, jayli, oʻramas, toʻqnamoz, kiyuxoʻja, yarat) urugʻlari. Minglar boshqirdlar tarkibiga ham kirgan. Qoʻqon xonligi hukmdorlari Minglar oʻzbek sulasidan boʻlgan. Buxoro vohasida yashagan minglar ham Buxoro xonligi siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xonlikdagi muhim mansablarni minglarning beklari egallab kelgan. Oʻratepa va Urgut beklari ham minglardan boʻlgan. XIX asrning oxiriga kelib minglarning koʻpchiligi oʻtroqlashib, dehqonchilik va pillachilik bilan shugʻullanishgan. Togʻli tumanlar hamda choʻllarda oʻrnashib qolgan minglar chorvachilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Ming ayollari gilam toʻqish, kigiz bosishni yaxshi bilishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil