Oqdaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oqdaryo



OqdaryoZarafshon daryosining ikki yirik tarmogʻidan biri. Samarkand shahridan 7 km kuyida, Choʻponota te-paligi yaqinida, Zarafshon ikkiga — O. va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlogʻi yonida yana birlashadi. O.ning uz. 131 km, suv sarfi 230 m³/sek. (Samarkand gidrouzelida). O.dan yigirmadan ortiq ariq suv oladi. Shundan oʻng sohilida (Qurbonobod uz. 9,6 km, Yangikent 34 km va boshqalar), 9 tasi chap sohilda (Shaxob — 17 km, Gʻazara — 26,8 km, Chelak — 9 km va boshqalar). Bu kanallar orqali Payariq, Ishtixon va Xatirchi tumanlaridagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil