Shariat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Islom
Shahadah-1.svg
Islom tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad SAV •

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytAshari mubashshara

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali

Shariat (arabcha: شريعة — „toʻgʻri yoʻl“; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan. Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan.

Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda sunniylik va shialikdagi shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati, meros, jinoyat, jazo, oila, nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi.

Tolibon diniy politsiyasi 2001-yil 26-avgustda Kobulda ayolni kaltaklamoqda, deb xabar beradi RAWA oʻzining yuzi ochgani uchun

Sharhida barcha xatti-harakatlar, dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, roʻza tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (misol u-n: uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol u-n: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (misol u-n: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Shariat jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.

Shariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana qarang Musulmon huquqi).

13-asr qul bozori, Yaman. Shariatda qul va kanizaklar mulk sanaladi; sotib olinishi, sotilishi, ijaraga berilishi, hadya qilinishi, taqsimlanishi va meros qilib olinishi mumkin

Qasos; Bu qabila ijtimoiy tuzumidagi qasos sifatida tushuniladigan va ijtimoiy tenglik asosida amalga oshiriladigan dastur. Oʻldirilgan ayolmi, erkakmi, qul, elita yoki oddiymi, hisobga olib, qotilın qabilasidan oʻldirilganga teng kimdir oʻldiriladi. Masalan, qul uchun faqat qulni, ayol uchun ayolni oʻldirish mumkin edi.[1][2][3]

Qasosda ijtimoiy ekvivalentlikning sharti shundaki, agar quyi ijtimoiy sinfdagilar yuqori sinfdan kimnidir oʻldirsa, qasos qoʻllaniladi. Ammo agar yuqori sinfdan kimdir quyi sinfdan kimnidir oʻldirsa, qasos olish mumkin emas, lekin dietani toʻlash mumkin.

Qurʼon 2: 178 da ijtimoiy tenglik shartini oʻz ichiga oladi;

„Sizlarga oʻldirilgan kishilar uchun ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Endi kimga birodari tomonidan bir oz afv qilinsa, u holda yaxshilik bilan boʻyinsunish va chiroyli suratda tovon toʻlash lozimdir“.(Baqara surasi:178)

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, 1j., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2qism, T., 1997; 3—4 qism. T., 1999; Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A.H., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.




  1. https://zh.booksc.eu/book/52479161/c42c5a
  2. http://isamveri.org/pdfdrg/D03380/2010_3_1/2010_3_1_NAMLIT.pdf
  3. https://www.sabah.com.tr/sozluk/sosyoloji/kisas-nedir