Boj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boj, boj puli — 1) oʻrta asrlarda Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarida savdogarlar, hunarmandlar va boshqalardan olingan soliq; shuningdek, magʻlub podsholiklar tomonidan yoki zabt etilgan xalqlardan gʻolib tomonga toʻlangan natural yoki pul soligʻi ham B. deb atalgan; 2) mamlakat chegarasidan olib oʻtiladigan import tovarlari, molmulk, qimmatbaho buyumlar va boshqa uchun davlat boj nazorati undiradigan pul yigʻimlari. B.mamlakat manfaatini koʻzlab undiriladi, xalqaro va millim boj tariflariga asoslangan holda milliy bozorga turli tovarlarning noqonuniy oqib kelishiiing oldini oladi, tovarlar importini muvofiqlashtirib, mamlakat doirasidagi taqchil tovarlar eksportini chegaralashga xizmat qiladi. B. bilvosita soliq turi boʻlib, uning mol kiritish, mol chiqarish va mamlakat hududi orqalitashib oʻtkazish (tranzit) uchun undiriladigan turlari bor. B. muayyan tovarlar miqdori, donasi, metri, birligi, shuningdek tovar bahosi (qarang Advalor boj) boʻyicha belgilangan boj tarifi doirasida olinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil