Amir Muzaffar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzaffar
(Amir Muzaffar, Amir Muzaffarxon,
Amir Sayyid Muzaffar)
Sayyid Muzaffar
Эмир Бухары Музаффар.jpg
Amir Muzaffarning portreti
Buxoro amirligi hukmdori
Mansab davri
1860-yil 23-sentabr — 1885-yil 13-dekabr
Oʻtmishdoshi Amir Nasrulloh
Vorisi Amir Abdulahad
Karmana viloyati hokimi
Mansab davri
? — 1860-yil 23-sentabr
Monarx Amir Nasrulloh
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1834-yil
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti 13-dekabr 1885-yil(1885-12-13)
(51 yoshda)
Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Flag of the Emirate of Bukhara.svg Buxoro amirligi
Turmush oʻrtogʻi Xasa Zumrad
Shamshod
Bolalari Sayyid Abdumalik
Sayyid Nuriddin
Sayyid Abdulmoʻmin
Sayyid Akram
Sayyid Abdulfattoh
Sayyid Abdulahad
Sayyid Najmiddin
Sayyid Mir Siddiq
Sayyid Mir Mansur
Sayyid Mir Azim
Sayyid Mir Nosir
Otasi Amir Nasrulloh

Muzaffar (Amir Muzaffar, Amir Muzaffarxon,
Amir Sayyid Muzaffar)
(1829 — Buxoro — 1885) — Buxoro amiri (1860.23.9 — 1885.13.12). Buxoro amirligida Oʻzbeklarning Mangʻit sulolasining vakili.

Amir Nasrullaxonning oʻgʻli. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla vafotidan soʻng , Buxoro taxtiga oʻtirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamayotgan Hisor, Shaxrisabz, Darvoz, Koʻlob, Baljuvon bekliklari va Qoʻqon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863—65). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qoʻkrn xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). M.ning hukmronlik davri Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga toʻgri keladi. Rossiya bilan boʻlgan kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan bartaraf etishdan umidini uzmay, u Najmiddinxoʻja boshliq elchilarni Peterburgga joʻnatdi (1865-yil iyul). Biroq, koʻzlangan maqsadga erishilmay, ikki oʻrtada harbiy harakatlar boshlandi. M. qoʻshini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya qarbiy kuchlari oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuv Jizzax bilan Oʻratepa oʻrtasidagi Erjar (Maydayulgʻun)da boʻlib, unda Buxoro qoʻshini magʻlubiyatga uchragan (1866.8.05). M. mufti Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afgʻoniston va Hindiston orqali yordam soʻrab Istanbulga yuborsa ham, rad javobini olgan.. 1868-yil 2—3-iyunda Zirabuloq jangiaya magʻlubiyatga uchragach, 1868-yil 23-iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya—Buxoro sulh shartnomasiga koʻra, Buxoro amirligi Rossiyaga tobe bulib qolgan. Oʻgʻli va valiaxd Abdulmalik (Katta tura) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shaxrisabz va Kitobda qoʻzgʻolon koʻtarganda M. rus qoʻshinlari yordamida uni bostirgan (1870). M. davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda agialarning taʼsiri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan M. faoliyati Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Bustoniy, Mirzo Salimbek, S. Ayniy, Fitrat kabi buxorolik tarixchilar asarlarida oʻzining talqinini topgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mirza Abdalazim Sami,Tarix-i salatin-i mangitiyya, M., 1962;
  • Traktat Axmad Danisha, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967;
  • Aini S., Istoriya mangitskix emirov [Sobraniye sochineniy, t. 6 (v 6 tomax)], M., 1975;
  • Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992.
  • Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil