Muhtasib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhtasib (arab. — nazorat qiluvchi) — oʻrta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurishturishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. Oʻrta Osiyoda ular rais deb atalgan. M.lar bozorlardagi narxnavo va oʻlchov asboblarining toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish, urfodatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga xukm chiqarish kabilar bilan shugʻullangan. Buxoro amirligida M.shayx ul-islom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil