Yasoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yasoq (moʻgʻulcha dzasaq — qonun; jazolash) — 1) 1206-yil Chingizxon buyuk qurultoyda ulugʻ xon etyb saylanganda eʼlon qilingan qonunlar majmuasi; oʻrta asrlar moʻgʻul huquqi toʻgʻrisidagi asosiy manba (qarang Chingizxon yasosi); 2) Moʻgʻullar davlatida (13—15-asrlar) mavjud qonunqoidalarni buzgan, ularga itoat qilmagan shaxslarga beriladigan jazo. Tarixiy obidalarda qayd etilishicha, Ya.qa tortilgan jinoyatchilar aksariyat qatl etilgan; 3) Oltin Oʻrda xonligi tomonidan istilo qilingan mamlakatlardan, keyinchalik Moskva davlati va chor Rossiyasi tomonidan mazlum xalklardan natura bilan undiriladigan soliq. 15— 18-asrlarda Volga boʻyi, 17—20-asr boshlarida Sibirda ovchilik bilan shugʻullangan rus boʻlmagan xalqlardan olingan. Ya. moʻyna, baʼzan chorva mol bilan toʻlangan. Ya.ning toʻlanishi tobelikni ifodalash shakllaridan biri boʻlgan. Har bir qabila yoki urugʻ uchun alohida Ya. belgilangan. Kungur tatarlari va boshqirdlar uchun Ya. yer soligʻi, Sibirning ayrim xalqlari uchun jon soligʻi boʻlgan, yakutlarda chorva mol soniga qarab toʻlangan. 18-asrdan Ya. pul toʻlovi bilan almashtirilgan (Volga boʻyida 1720-yillardan, Sibirda 1822-yildan). Ya. toʻplovchilar (yasoqchilar)ning mansablarini suiisteʼmol qilishlari hukumatni Ya. majburiyatini Ya. komissiyalari orqali tartibga keltirishga majbur qilgan. Ya. oz miqdorda 1917-yildagi Fevral inqilobiga qadar saqlanib qolgan.

Ad. Rashid ad-Din; Sbornik letopisey, t. 1, kniga 2, M.— L., 1952.

Hamidulla Dababoyev.