Mangʻitlar sulolasi
Mangʻitlar — Buxoro amirligini boshqargan oʻzbek sulola (1756—1920). Uning vakillari mangʻit urug‘iga mansub boʻlganlar.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ashtarxoniylar sulolasi oʻrniga kelgan Muhammad Rahimnit taxtga rasman oʻtirishi 1756-yil 12-dekabrdan boshlangan. Uning vafotidan soʻng taxt vorisi etib Fozil toʻra (qizining oʻgʻli), keyin Ubaydullaxon tayinlangan boʻlsada, davlatni amalda amakisi Doniyolbiy otaliq (1758—85) boshqargan. Amir Shohmurod Zarafshon vodiysi, Amudaryo va Qashqadaryodagi sunʼiy sugʻorish tizimini qayta tikladi. Buxoro aholisini bojdan, hunarmandlarni kundalik yigʻimlardan, mehnat majburiyatidan va soliqdan ozod etuvchi tarxon yorligʻini berdi. Xiroj va nikoh puli, tarozi haqi va boshqalar kamaytirildi. Sud tizimi qayta tuzildi. Davlat hokimiyati mustahkamlandi. Amir Haydar davrida oʻzaro urushlar kuchaydi. U Amudaryoning janubiy sohili, yuqori Zarafshon, Shahrisabz va Miyonqolni saqlab qolish uchun kurash olib bordi. Nasrullaxon mamlakatdagi tarqoqlikni tugatish uchun kurashdi. Yarim mustaqil va kuchli Shahrisabz va Kitob bekliklari boʻysundirildi. Qoʻqon xonligi tobe etildi. Amir Muzaffar davrida esa Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo etildi. Amir Abdulahad va Amir Olimxon hukmronligi vaqtida Buxoroda rus podsho hukumatining mavqei mustahkamlandi. Buxoro bosqinidan keyin tuzilgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgach, bu sulolasi tugatildi. [1]
Hukmdorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Muhammad Rahimbiy (12.12.1756–24.03.1758)
- Doniyolbiy Otaliq (1758–1785)
- Amir Shohmurod (1785–1800)
- Amir Haydar (1800–1826)
- Amir Nasrulloh (1827–1860)
- Amir Muzaffar (1860–1885)
- Amir Abdulahad (1885–1910)
- Amir Olimxon (1910–1920).
Sulola[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoyorbiy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Muhammad Hakimbiy | Doniyol otaliq | Abulfayzxon | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Badalbek | Muhammad Rahimxon | Barot Sulton | Amir Shohmurod | Yulduz begim | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Norbo’tabiy | qizi; ismi noma’lum | Husayn (Miriy) | Amir Haydar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fozilbiy | Amir Husayn | Amir Umar | Amir Nasrulla | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Amir Muzaffar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Abdumalik | Nuriddin | Abdulmo’min | Abdulfattoh | Najmiddin | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Amir Abdulahad | Akram | Siddiq | Mansur | Nosir | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Amir Olimxon | Qosimxon | Nikolay Seretelli | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Мирза Абд-ал-Азим Сами, Тарих-и салатин-и мангития, Москва., 1962
- Трактат Ахмада Даниша, История Мангитской династии, пер. и предисл. И. А. Наджафовой, Душанбе, 1967
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |