Vaqf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vaqf (arab.) — musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uyjoy, maktab, masjid, shifoxona va b. V. mulki boʻlishi mumkin. Oʻz mulkini V.ga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yoʻqotadi. Lekin uning oʻzi yoki oila aʼzolari yoxud uchinchi bir shaxs V. mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun V. mulkini boshqarish huquqini saqlab qolishi mumkin. Oʻz mulkini V. mulki sifatida topshirgan shaxsning farzandlari yoki boshha avlodlari mazkur V. mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. V. mulkini shariat qonuni boʻyicha davlat boshligʻi yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning baʼzi mamlakatlarida hozir ham amalda.

Ad:. Burxoniddin Marginaniy, Xidaya, T., 1994; Muxtasar (Shariat qrnunlariga qisqacha sharh), T., 1994.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil