Albert Einstein
Albert Einstein | |
---|---|
![]() Einstein 1921-yilda | |
Tavalludi |
14-mart 1879-yil Ulm, Württemberg qirolligi, Germaniya imperiyasi |
Vafoti |
18-aprel 1955-yil (76 yoshda) Princeton, New Jersey, AQSh |
Istiqomat joylari | Germaniya, Italiya, Shveytsariya, AQSH |
Fuqaroligi |
![]() ![]() ![]() |
Sohasi | Fizika |
Taʼlimi | ETH Zürich |
Akademik rahbarlari | Alfred Kleiner |
Mashhur ishlari |
Umumiy nisbiylik nazariyasi Xususiy nisbiylik nazariyasi Brown harakati Fotoelektrik effekt Massa-energiya ayniyati Einstein maydon ayniyatlari Bose–Einstein statistikasi |
Mashhur sovrinlari |
![]() Copley medali (1925) Max Planck medali (1929) |
Albert Einstein (talaffuzi: Albert Eynshteyn; 14-mart 1879-yil — 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi.[1] Einsteinning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, qiyinroq kitoblar berishgan.[2] 15 yoshida Einstein differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi.[3] Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.[2]
U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Princeton universitetida ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Einstein massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Einsteinning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Einstein jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Einstein gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. Einstein ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Einstein 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Einsteinning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albert Enshtein 1879-yilning 14-martida Germaniya imperiyasining Württemberg qirolligidagi Ulm shahrida dunyoga kelgan.[1][4][5] Otasi — Hermann Einstein, sotuvchi va muhandis boʻlgan. Onasi — Pauline Koch. 1880-yilda oila München shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda Einsteinning otasi va uning amakisi Jakob „Elektrotechnische Fabrik J. Einstein & Cie“ nomli shirkatga asos solishdi.[1]
Albert besh yoshligida München shahridagi katolik boshlangʻich maktabida oʻqishni boshlab, u yerda uch yil taʼlim oldi. Sakkiz yoshida Luitpold-Gymnasium (hozirgi Albert-Einstein-Gymnasium) da oʻqiy boshladi.[6]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Albert Einstein – Biography“. Nobel Jamgʻarmasi. 6-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2007-yil.
- ↑ 2,0 2,1 The 5 Most Ridiculous Lies You Were Taught In History Class
- ↑ Alas, Einstein Was No Failure in Math[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Albert Einstein (1879–1955)“. Jewisth Virtual Library. 9-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-fevral 2021-yil.
- ↑ Isaacson, Walter (2009). „How Einstein Divided America's Jews“. The Atlantic. 26–yanvar 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13–fevral 2021–yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Stachel (2002), ss. 59–61.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |