Enrico Fermi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Enriko Fermi
Enrico Fermi 1943-49.jpg
Tavalludi 29-sentabr 1901-yil(1901-09-29)
Vafoti 28-noyabr 1954-yil(1954-11-28)
(53 yoshda)
Chikago
Fuqaroligi Italiya[1][2][3][4], AQSh[5][6][4] va Kingdom of Italy

Enrico Fermi (talaffuzi: Enriko Fermi) (1901.29.9, Rim — 1954.28.11, Chikago) — italyan fizigi. Milliy akademiya aʼzosi (1935). Piza universitetini tugatgan (1922). Gyottingen, Leyden, Rim, Florensiya universitetlarida ishlagan. Rim universiteti professor (1926-1938), AQShga koʻchib oʻtgan (1938), Kolumbiya universiteti professor (1939-1942), Chikago universiteti professor (1942—45). LosAlamos laboratoriya boʻlim boshligi (1944—45), Chikago yadro tadqiqotlari institutida professor (1946-yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, statistik mexanika, kosmik nurlar, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va texnik fizikaga oid. F. yadro fizikasi, neytron fizikasi, kvant statistikasi, metallar fizikasi va boshqa yaratuvchilaridan biri; yadro energiyasini oʻzlashtirish amerika dasturi ishtirokchisi, Italiya va AQShda ilmiy maktab yaratgan. Nazariy va eksperimental fizikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Pauli prinsipiga boʻysunuvchi zarralar statistikasini ishlab chiqqan (1925, q. Fermi Dirak statistikasi), Remirilishning miqdoriy teoremasini yaratgan (1934), neytronlar tufayli sunʼiy radioaktivlikni va moddada neytronlarning sekinlashish hodisasini kashf etgan (1934). Insoniyat tarixidagi 100 eng nufuzli shaxslardan biri. Nobel mukofoti laureati (1938)[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]