Polykarp Kusch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polykarp Kusch (1911.26.1, Blankenburg, Germaniya — 1993) — amerikalik fizik. Asosiy ilmiy ishlari yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasiga oid. Magnit rezonans usuli yordamida atom dastalarida elektronning magnit xususiy momenti qiymatini topgan (1949). Bu esa zavonaviy kvant elektrodinamika asosida hisoblangan nazariy qiymatga mos keladi. Nobel mukofoti laureati (1955; Willis Lamb bilan birgalikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari