William Shockley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shokli Uilyam Bredford (1910.13.2, London 1989) - amerikalik fizik. AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1951 yildan). Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1932), "Bell telefon" firmasi xodimi (1936—54). AQSH mudofaa vazirligida ishlagan (1942— 45). Yarimoʻtkazgichlar laboratoriya direktori, "Shoklitranzistor" firmasining prezidenti va direktori (1955 yildan). Stanford universiteti professor (1963—75). Asosiy ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi (yarimoʻtkazgichlar fizikasi, ferromagnetizm, metallar plastikligi, dislokatsiya nazariyasi va boshqalar) ga oid. Tranzistor effektini ochgan (1948). Nobel mukofoti laureati (1956; J.Bardin va U.Bratteyn bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil