Willis Lamb
Jump to navigation
Jump to search
Willis Lamb (talaffuzi: Uillis Lamb) (1913.12.7, Los-Anjeles-2008.15.5) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1954 yildan). Kaliforniya universitetini tugatgan (1934). AQSHning Kolumbiya va boshqa universitetlari professor (1948 yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant elektronika va tezlatkichlar texnikasi, mikrotoʻlqin spektroskopiyasiga oid. Shuningdek, vodorod atomi energetik sathining siljishini tajribada aniklagan (1947), gaz lazeri nazariyasini ishlab chiqqan (1962). Nobel mukofoti laureati (1955).[1][2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |