Ilya Frank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Ilya Frank

Ilya Mixaylovich Frank (1908— 1990) — rus fizigi, akademik (1968), Moskva universitetini tugatgan (1930). Davlat optika institutida (1930—34), SSSR Fanlar akademiyasi Fizika institutida (1934—1970) ishlagan. Neytron fizikasi laboratoriya mudiri (1957-yildan, Dubna), Yadro tekshirishlar instituti laboratoriya mudiri (1971-yildan). Moskva universiteti professor (1940-yildan). Ilmiy ishlari fizik optika, neytron va past energiyali yadro fizikasi sohasiga oid. Vavilov — Cherenkov nurlanishi nazariyasini (I. Ye. Tamp bilan hamkorlikda) ishlab chiqdan. Yadro reaksiyalari ustida qator eksperimental va nazariy ishlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1958; hamkorlikda)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil