James Franck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

James Franck (1882.26.8, Gamburg — 1964.21.5, Gyottingen) — nemis fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1964). Geydelberg universitetida oʻqigan (1901—02). Berlin universitetini tugatgan (1906), ugla yerda 1917 yilgacha ishlagan, professor (1916 yildan). Berlin kimyo instituti fizika boʻlimini boshqargan (1917—21). Gyotting Fizika instituti direktori (1921—34), Xopkins universiteti professor (1935—36), Chikago universiteti professor (1938—47). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, molekulyar spektroskopiyaga oid. Gustav Ludwig Hertz bilan simob bugʻi atomlarini elektronlar zarbi bilan uygʻotish va ionlashtirish boʻyicha qator eksperimentlar oʻtkazib (Frank — Gers tajribasi) (1912—14), atom energetik sathlarining diskretligini isbotlovchi va Bor atom nazariyasini tasdiqlovchi elektronlarning atomlar bilan toʻqnashish qonunlarini kashf etdi. Flyuoressensiya, fotokimyoviy jarayonlarni oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1925)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil