Otto Stern

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Otto Stern
Tavalludi 17-fevral 1888[1]
Vafoti 17-avgust 1969[2][1]
Fuqaroligi Germaniya[3] va AQSh[3]

Otto Shtern (1888.17.2, Zorau — 1969.17.8, Berkli) — nemis tadqiqotchifizigi. Breslavl universitetini tugatgan (1912). Syurix politexniqumida (1913—14) va Frankfurt universitetida (1914—21) ishlagan. Rostok (192122) va Gamburg (1923—33) universitetlari professor, Pittsburg (1933—45) va Berklidagi (AQSH) texnologik instituti professor (1946-yildan). Ilmiy ishlari molekulyar fizika, atom va yadro fizikasi, kvant nazariyasiga oid. Jahonda birinchi boʻlib gaz molekulalarining tezligini oʻlchadi (1920) (qarang Shtern tajribasi). Nemis fizigi V. Gerlax bilan hamkorlikda atom magnit momenti mavjudligini isbotladi (1922). Nemis fizigi R. Frish bilan birga vodorod molekulasida proton magnit momentini aniqladi (1933). Nobel mukofoti laureati (1943).[4][5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. Nobel mukofoti sovrindorlari nobelprize.org
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil