Samuel C. C. Ting

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samuel ting 10-19-10.jpg

Samuel C. C. Ting (Tin Chjaochun; 1936.27.1, Michigan shtati, Ann-Arbor) — amerikalik fizik. Michigan universitetni tugatgan (1959). 1963 yilda Yevropa yadro tadqiqotlari institutida (Jeneva), 1964 yildan Kolumbiya untida, 1967 yildan Massachusets texnologiya institutida (1969 yildan professor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. 1974 yilda B. Rixterdan mustaqil tarzda yangi ogʻir mezon — birinchi jozibali kvarkli mezonni ochgan. Nobel mukofoti laureati (1976; B. Rixter bilan birgalikda).[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil