Edward Victor Appleton
Jump to navigation
Jump to search
Edward Victor Appleton (talaffuzi: Edvard Viktor Appleton) (1892.6.9, Bradford – 1965.21.4, Edinburg) – angliyalik radiofizik. London qirollik jamiyati aʼzosi (1927). Kembrij universitetini tugatgan (1914). London universiteti (1924–36), Kembrij universiteti professor (1936–39), Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi (1939–49). Edinburg universiteti rektori (1949 yildan). Asosiy ilmiy ishlari radiotoʻlqinlarning tarqalishi va soʻnishiga oid. 1924 va 1927 yilda ionosferaning radiotoʻlqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947)[1][2].
Manbalar[tahrir]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |