Alain Aspect

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alain Aspect
Alain Aspect (26341660894) (cropped).jpg
Tavalludi 15-iyun 1947-yil (1947-06-15) (75 yosh)
Fuqaroligi Fransuz
Kasbi Fizik

Alain Aspect (talaffuzi: Alen Aspe)(1947 — yil 15-iyun, Agen, Fransiya) — fransuz fizigi, kvant optikasi, kvant nazariyasi boʻyicha mutaxassis. Fizika boʻyicha Nobel mukofoti (2022) laureati[1].

1980-yillarning boshida u Bellning tengsizliklari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. Bu vaqtda uning Eynshteyn-Podolskiy-Rozen paradoksi bilan bogʻliq tajribasi shuhrat qozongan. Keyinchalik u lazerli sovutishni oʻrganishga oʻtgan. Hozir u Bose-Eynshteyn kondensati ustida ish olib borish bilan band.

Aspect École Normale Supérieure de Cachan (ENS Cachan, bugungi kunda Parij-Saklay universitetining bir qismi) bitiruvchisi hisoblanadi.

U 1969-yilda fizika boʻyicha magistraturani tamomlagan va 1971-yilda Orsay universiteti (keyinchalik université Paris-Sud nomi bilan tanilgan) École supérieure d’optique (keyinchalik Institut d’Optique Graduate School nomi bilan tanilgan) fan doktori darajasini olgan. [[File: AlainAspectFotoThaler.JPG|thumb|Alain Aspect Budapesht Texnologiya va Iqtisodiyot Universitetida 2013-yil -Parij politexnika maktabi professori. -Fransiya fanlar akademiyasi akademigi (2001)[2] -Fransiya texnologiya akademiyasi aʼzosi -AQSH fanlar akademiyasi xorijlik aʼzosi (2008) -Avstriya fanlar akademiyasi aʼzosi (2009)[3][4]

Amerika jismoniy jamiyati aʼzosi(2005). Yevropa akademiyasining aʼzosi(2009). London Qirollik jamiyatining xorijiy aʼzosi(2015).

Shotlandiyadagi Heriot-Vatt universitetining faxriy doktori(2008). [[File:Alain Aspect, professeur à l’Université Paris-Saclay et à l’École polytechnique, est co-lauréat du Prix Nobel de Physique 2022. (52406154475).jpg|thumb|Alain Aspect Parij-Saclay Universitetida, 4- oktyabr 2022-yil]]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Common Wealth Award of Distinguished Service[en] (1985)

— Holweck mukofoti (1991)

Gay-Lussac-Humboldt- mukofoti (1999)

— Max Born mukofoti (1999)[5]

— Ilmiy izlanishlar markazining oltin medali (2005)[6]

— Kvant elektronika va optikasi uchun mukofot (2009)[7]

— Wolff mukofoti (2010)

— London Qirollik (2010)

Herbert-Walther-mukofoti (2012)

— Albert Einstein medali (2012)

— Frederic Ives medali (2013)

— Niels Bohr medali (2013)[8]

— Balzan mukofoti (2013)

Tomassoni mukofoti (2013)

Fizika boʻyicha Nobel mukofoti (2022)

Faxriy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

— 2006-yil: Monreal universiteti

— 2008-yil: Avstraliya Milliy Universiteti

— 2008-yil: Heriot-Vatt universiteti

— 2010-yil: Glazgo universiteti

— 2011-yil: Hayfa universiteti

— 2018-yil: Gonkong shahar universiteti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Лаура Кеффер. „Нобелевскую премию по физике дали за исследования в сфере квантовой механики“. «Коммерсантъ» (4-oktabr 2022-yil).
  2. „Alain Aspect — Les Membres de l’Académie des sciences“. 9-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  3. „Oeaw Members Detail“. 22-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2018-yil.
  4. „Alain Aspect et Thomas Ebbesen, récompensés par la Société européenne de physique — Communiqués et dossiers de presse — CNRS“. 24-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  5. „The Optical Society — Max Born Award — Awards — OSA.org“. 9-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  6. „Alain Aspect, physicist, CNRS 2005 Gold Medal — CNRS Web site — CNRS“. 31-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  7. „EPS Quantum Electronics Prizes — QEOD“. 5-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  8. „Emissions de composés atmosphériques : de nouveaux scénarios pour le GIEC — Communiqués et dossiers de presse — CNRS“. 10-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.