J. Hans D. Jensen
Qiyofa
| J. Hans D. Jensen | |
|---|---|
|
Jensen 1963-yilda | |
| Tavalludi |
Yoxannes Xans Daniel Jensen 25-iyun 1907 |
| Vafoti |
11-fevral 1973 Gaydelberg, Gʻarbiy Germaniya |
| Fuqaroligi | Germaniya |
| Mukofotlari | Fizika boʻyicha Nobel mukofoti (1963) |
YENSEN (Jensen) Yoxannes Xans Daniyel (1907.25.6, Gamburg – 1973-yil, 11-noyabr, Geydelberg) – nemis nazariyotchi fizigi. Gamburg universitetini tugatgan (1932). Ilmiy ishlari atom yadrosi nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Fanga spin-orbital bogʻlanish tushunchasini kiritgan. Geppert-Mayerazya mustaqil ravishda yadroning qobiq modelini ishlab chiqqan. Kristallarda ionlarning oʻzaro taʼsirlashishini oʻrgangan va kristallar toʻliq energiyasining atomlararo masofaga bogʻliqligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1963)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |