Gustav Ludwig Hertz
Jump to navigation
Jump to search
Gustav Ludwig Hertz (talaffuzi: Gustav Lyudvig Xertz) (1887.22.7, Gamburg -1975) - nemis fizigi, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan. 1954 yildan Leypsigdagi fizika instituti direktori. Ilmiy ishlari spektroskopiyaga oid. J. Frank bilan hamkorlikda elektronlarning atomlar bilan toʻqnashuviga doir tajribalar (Frank—Gers tajribasi, 1913)oʻtkazgan. Rentgen nurlarining yutilish spektrini oʻrgangan, diffuziya, elektron emissiya, gazlardagi razryadlar, plazma fizikasi, ultratovush, yarimoʻtkazgichlarga oid qator tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1925, J. Frank bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |