Winston Churchill
| Uinston Cherchill | |
|---|---|
| Fayl:Cherchill portrait NYP 45063.jpg | |
| 61-chi Bosh vaziri | |
|
Mansab davri 1940-yil 10-may – 1945-yil 27-iyulgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Neville Chamberlain |
| Vorisi | Clement Attlee |
| Buyuk Birtaniyaning 63-chi Bosh vaziri | |
|
Mansab davri 1951-yil 26-oktabr – 1955-yil 7-aprelgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Clement Attlee |
| Vorisi | Anthony Eden |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
30-noyabr 1874-yil Blenheym, Oksfordshir |
| Vafoti |
24-yanvar 1965-yil (90 yoshda) London (Bleydon yaqinida dafn etilgan) |
| Siyosiy partiyasi | Birlashgan Qirollik Konservatorlar Partiyasi |
| Turmush oʻrtogʻi | Clementine Churchill |
Uinston Cherchill (inglizcha: Sir Winston Leonard Spencer-Churchill ser Uinston Leonard Spenser-Cherchill; 30-noyabr 1874 — 24-yanvar 1965) — britaniyalik davlat va siyosat arbobi, 1940—1945 va 1951—1955-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri, jurnalist, yozuvchi, adabiyot boʻyicha Nobel mukofotining sovrindori (1953). 2002-yili BBC kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov maʼlumotlariga koʻra, uni tarixdagi eng buyuk britaniyalik deb hisoblanadi.[1]
Cherchill Uinston Leonard Spenser (1874.30.11, Blenim, Oksfordshir — 1965.24.1, London) — Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari (1940—55). Sandxerst harbiy kavaleriya maktabini tugatgan. 1896—98 yillarda Hindistonning shimoli-gʻarbiy chegarasida qoʻzgʻolon koʻtargan qabilalarni bostirishda qatnashgan. 1896 —98 yillarda Hindistonda xizmat qilgan. 1900-yilda Konservatorlar partiyasidan parlamentga deputat qilib saylangan. Mustamlaka ishlari (1906—28; 1921—22), Savdo (1908—10), Ichki ishlar (1910-11), Harbiy dengiz (1911-15), Harbiy taʼminot (1917—18), Moliya (1919—21), Harbiy va aviatsiya vaziri (1924—29) lavozimlarida ishlagan.
Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushiga kirgach, 1939-yil sententabrda N. Chemberlen xukumatida Harbiy-dengiz vaziri boʻlib tayinlandi. 1940-yilda N. Chemberlen isteʼfoga chiqqach, Cherchill koalitsion xukumat bosh vaziri. Cherchill hukumati gitlerchilar Germaniyasiga qarshi birga kurashish toʻgʻrisida SSSR bilan imzolangan bitim (1941-yil iyul) va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnoma (1942-yil may)ga qaramasdan SSSRni kuchsizlantirish maqsadida ikkinchi frontni belgilangan muddatda ochmagan. Cherchill SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya davlat boshliqlarining Tehron (1943), Yalta va Potsdam (1945) konferensiyalari qatnashchisi. 1945-yilgi parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasining magʻlubiyatga uchrashi tufayli Cherchill xukumati isteʼfoga chiqqan. 1951—55-yillarda yana bosh vazir. Cherchill 1955-yilda isteʼfoga chiqqan va umrining oxirigacha vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. Bir kancha tarixiy-memuar asarlar muallifi. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (1953).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Poll of the 100 Greatest Britons, 2006-05-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2006-05-14
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Churchill markazi (ingl.)
- Winston Leonard Spencer-Churchill:tarjimai holi, suratlar, ijodi va maqolalari (rus.)
- The Gathering Storm (Wayback Machine saytida 2005-11-10 sanasida arxivlangan) IMDBda (ingl.)
- The Gathering Storm (2002) (Wayback Machine saytida 2007-03-01 sanasida arxivlangan) IMDBda (ingl.)
- Winston Churchill: The Wilderness Years (Wayback Machine saytida 2005-09-12 sanasida arxivlangan) IMDBda (ingl.)
- W. Churchill aforizmlari (Wayback Machine saytida 2019-09-19 sanasida arxivlangan) (rus.)
- 30-noyabrda tugʻilganlar
- 1874-yilda tugʻilganlar
- 24-yanvarda vafot etganlar
- 1965-yilda vafot etganlar
- Londonda vafot etganlar
- Birlashgan Qirollik Bosh vazirlari
- Buyuk Britaniya Bosh vazirlari
- Yil kishisi
- Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari
- Britaniyalik tarixchilar