Birinchi jahon urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birinchi jahon urushi (1914—18) — davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Olmoniya, Avstriya-Mojariston, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSH va boshqa; jami 34 davlat) oʻrtasidagi urush.

1914 yil 15 (28) iyulda Avstriya-Vengriya Sarayevodagi qotillikayan bahona sifatida foydalanib, Germaniyaning toʻgʻridantoʻgʻri tazyiqi ostida Serbiyaga urush eʼlon qildi. 19 iyul (1 avg .) da Germaniya Rossiyaga, 21 iyul (3 avg .)da Fransiyaga; 22 iyul (4 avg .)da Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush boshladi. 1914 yil 10 (23) avg .da Yaponiya Antanta tomonida urushga kirdi.

Urushning 1oylarida Germaniya qoʻmondonligining Fransiyani tormor etish va uni urushdan chiqarish haqidagi moʻljali barbod boʻldi, chunki rus qoʻshinlarining Sharqiy Prussiyaga hujumi bunga taʼsir etdi (1bosqichda muvaffaqiyat qozongan 1914 yilgi Sharqiy Prussiya operatsiyasi rus armiyasining ogʻir magʻlubiyati bilan tugadi). 1914 yil avg .—sentabrda rus qoʻshinlari Galitsiya jangida AvstriyaVengriya qoʻshinlarini yengib, Galitsiyaning katta qismini egalladilar, okt. oyida esa Polshadagi AvstriyaVengriya qoʻshinlarining qarshi hujumini qaytardilar. 1914 y 16 (29) okt.da Germaniya bloki tomonidan Turkiya urushga kirdi. Zakavkazye, Mesopotamiya, Suriyaning sharqiy chegarasi va Falastinda frontlar vujudga keddi. 1914 yil dek.—1915 yil yanvarda Turkiya armiyasi Zakavkazyeda rus qoʻshinlaridan magʻlubiyatga uchradi. 1915 yil Germaniya blokining 268 diviziyasidan 107 tasi rus frontida edi. Rus qoʻshinlari chekinib, Galitsiyani, Polshani va Boltiq boʻyining bir qismini tashlab chiqib ketdilar. 1915 yil 10 (23) mayda Italiya Antantaga qoʻshildi. 1915 yil 1 (14) okt.da GermaniyaAvstriya bloki tomonidan Bolgariya urushga kirdi. 1915 yil Germaniya dengiz yoʻllarining hukmroni boʻlgan ingliz flotini koʻplab suv osti janglari yordamida ham holdan toydira olmadi. 1916 yil Germaniyaning Verden r-nida Gʻarbiy frontni yorib oʻtishga urinishi barbod boʻddi; bu ozmikoʻpmi rus qoʻshinlarining Galitsiyada boshlagan muvaffaqiyatli hujumlari natijasi edi. 1916 yil 14 (27) avg .da Antanta tomonida Ruminiya urushga kirdi, biroq yil oxiriga borib rumin armiyasi tormor qilindi. 1917 yil aprel—may oylarida inglizfransuz armiyalarining utkazgan hujum operatsiyalari natijasiz boʻldi.

Okt. toʻntarishidan keyin shoʻro hukumati urushayotgan hamma davlatlarga anneksiyalar va kontributsiyalarsiz sulh tuzish haqidagi taklif bilan murojaat qildi. Antanta va AQSH taklifni rad etdi. Bunday sharoitda shoʻrolar davlati Brest sushi (1918)ni tuzishga majbur boʻldi. 1918 yil mayidan amerikalik qoʻshinlar harakat qila boshlagan Gʻarbiy frontda (AQSH 1917 yil aprelda urushga kirgandi) harbiy harakatlar Germaniya va uning ittifoqchilarining toʻla magʻlubiyati bilan tugadi. 1918 yil 29 sentda Bolgariya, 30 okt.da Turkiya, 3 noyab.da AvstriyaVengriya, 11 noyab.da Germaniya taslim boʻladi. Parij sulh konferensiyasi (1919—20)da Germaniya va uning ittifokchilari bilan sulh shartnomalarining uzilkesil shartlari ishlab chiqildi. Urushga 38 davlat jalb qilingan edi. Harakatdagi armiyadagilar soni 29 mln. kishidan ortiq boʻlib, safarbar qilinganlar 74 mln. kishiga yetdi. Urushgan mamlakatlar 10 mln. kishisini yoʻqotdi. 20 mlndan ortiq kishi yarador qilindi.

1916 yil 25 iyunda Rossiya imperatori Nikolay II "Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya r-nida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish" haqida farmon chiqardi. Shunga binoan Turkiston aholisidan 250 ming kishi majburan mardikorlikka safarbar qilinishi kerak edi. Bu farmon xalq gʻazabini qoʻzgʻab, Turkiston qoʻzgʻoloni (1916) ga sabab boʻldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil