Kontent qismiga oʻtish

Louis Néel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Louis Néel (1970)

NEYEL (Neel) Lui Ejen Feliks (1904.22.11, Lion – 1970) – fransuz fizigi, Fransiya fanlar akademiyasi aʼzosi (1953-yildan). Strasburg (1937-yildan) va Grenobl (1945-yildan) universitetlari professori. Yadro tadqiqotlari markazi direktori (1956—71), Grenobl politexnika instituti prezidenti (1971-yildan). Ilmiy ishlari magnetizm nazariyasiga oid. Xususan, antiferromagnetiklarning mavjudligi toʻgʻrisidagi farazni aytdi (L. D. Landaudan mustaqil tarzda; 1932), ferromagnetizm nazariyasini ishlab chiqdi qamda ferritlarning kuchli magnetizm xususiyatiga ega ekanligini tushuntirib berdi, oʻta paramagnetizm hodisasini kashf etdi. Louis Néel antiferromagnetiklarning maʼlum temperaturadan yuqori temperaturada oʻziga xos magnit xususiyatlarini yoʻqotishni topdi. Bu temperatura uning nomi bilan ataladi (qarang Neyel nuqtasi). Nobel mukofoti laureati (1970)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil