Wilhelm Wien
Wilhelm Wien (talaffuzi: Vilgelm Vien) (1864.13.1, Gafken, Sharqiy Prussiya — 1928.30.8, Myunxen) — nemis fizigi. Mutlaq qora jism nurlanish qonunini nazariy jihatdan asoslab bergan (1893); magnit va elektr maydonida kanal nurlari ogʻishini tekshirgan, erkin elektronli atomlar nurlanishi vaqtini oʻlchash usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1911).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |