J. J. Thomson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
J.J Thomson.jpg

Jozef Jon Tomson (1856.18.12, Chitem-Xill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1884 yildan) va prezidenti (1915— 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij universitetining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919 yillarda Kembrij universiteti prof va Kavendish laboratoriya rahbari. 1897 yilda elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903 yilda atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911 yilda parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. T. izotoplarni ochishda katta rol oʻynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1906)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil