Lev Landau
| Lev Davidovich Landau | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
22-yanvar 1908-yil Boku, Rossiya Imperiyasi |
| Vafoti |
1-aprel 1968-yil (60 yoshda) Moskva, RSFSR |
| Fuqaroligi |
Rossiya Imperiyasi → ODR → |
| Millati | Yahudiy |
| Sohasi | Nazariy fizika |
| Ish joylari | RFA FTI, XFTI, XU, RFA – FMI, MDU, MFTI |
| Taʼlimi | Boku davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti |
| Ilmiy darajasi | Fan doktori |
| Ilmiy unvoni | Professor, SSSR FA akademigi |
| Akademik rahbarlari | Niels Bohr |
| Mashhur shogirdlari |
Aleksey Abrikosov Aleksandr Ahiezer Igor Dzyaloshinskiy Lev Pitaevskiy |
| Mukofotlari |
Fizika boʻyicha Nobel mukofoti (1962) |
Lev Davidovich Landau [1908-yil 22-yanvar Boku – 1968-yil 1-aprel Moskva) – rus nazariyotchi fizigi, Akademik (1946). Mehnat Qahramoni (1954). Ilmiy ishlari kvant mexanika, oʻta oquvchan suyukliklar nazariyasi, oʻta oʻtkazuvchanlik, qattiq jism fizikasi, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, plazma, kvant elektrodinamika, astrofizika va boshqa sohalarga oid. Metallarning elektron diamagnetizmi nazariyasini yaratgan (1930, Landau diamagnetizmi), rus olimi Ye. M. Lifshits bilan birga ferromagnetiklar va ferromagnit re-zonansning domenli tuzilishini ishlab chiqqan (1935). Geliyning oʻta oquvchanligini nazariy jihatdan isbot qilgan (1941). U elektron plazmalari xususiy tebranishining soʻnish dekrementini ifodalovchi effektni fanga kiritgan (bu effekt „Landau soʻnishi“ deb nom olgan). Rus olimi V. L. Ginzburg bilan hamkorlikda oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratgan (1950), Rus olimlari A. A. Abrikosov, I.M Xalatnikov va I. Ya. Pomeranchuk bilan hamkorlikda kvant elektrodinamika asoslarini tekshirgan (1954—55). Ikki komponentli neytrino nazariyasini (1957), fermi-suyuklik nazariyasini yaratgan (1956—58). Nobel mukofoti laureati (1962).[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Lev Landau“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 22-yanvarda tugʻilganlar
- 1908-yilda tugʻilganlar
- Bokuda tugʻilganlar
- 1-aprelda vafot etganlar
- 1968-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Lenin mukofoti laureatlari
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Alifbo boʻyicha fiziklar
- SSSR fiziklari
- Rossiya olimlari
- Fizika-matematika fanlari doktorlari
- Lev Landau
